«Real» bosh murabbiyi Joze Mourinyo jamoa tarkibida keng ko‘lamli rotasiya o‘tkazmoqchi. U «Vilyarreal»ga qarshi uchrashuvda asosiy tarkibni keskin o‘zgartirishi kutilmoqda. Bu haqda jurnalist Ivan Martin ijtimoiy tarmoqlarida xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, Mourinyo zaxiradagi futbolchilarga imkoniyat berish maqsadida bir qator asosiy o‘yinchilarni almashtirmoqchi. Biroq Vinisius Junior va Kilian Mbappe, katta ehtimol bilan, uchrashuvni asosiy tarkibda boshlaydi. Ularning start tarkibidan joy olishi shubha ostida emas.













