«Real» himoyachisi Raul Asensio «Oltin to‘p» mukofotini jamoadoshi Kilian Mbappe qo‘lga kiritishi kerak, deb hisoblaydi.
— Mbappe bu yil «Oltin to‘p»ni qo‘lga kirita oladimi?
— Bu adolatli bo‘lardi. Men uni har kuni ko‘raman va barcha nomzodlar orasida u eng yaxshi futbolchi, deb hisoblayman. Agar faqat futbolchilik mahorati haqida gapiradigan bo‘lsak, Kilian — eng yaxshisi.
U barcha turnirlarda eng yaxshi to‘purar bo‘ldi. Bu individual mukofot, — dedi Asensio.













