Angliya milliy terma jamoasining sobiq sardori Gari Lineker Krishtianu Ronalduning Portugaliya terma jamoasini tark etishi bilan bog‘liq vaziyatga munosabat bildirdi.
Avvalroq 41 yoshli hujumchi milliy jamoa bosh murabbiyi Jorje Jezush bilan yuzaga kelgan kelishmovchilik sababli terma jamoa qarorgohini tark etgani xabar qilingan edi.
Lineker ushbu voqeadan afsusda ekanini bildirib, Ronaldu futbol tarixidagi buyuk o‘yinchilardan biri sifatida munosib xayrlashuvga loyiqligini ta’kidladi.
Shuningdek, u Lionel Messining Argentina terma jamoasi bilan xayrlashuvini misol qilib keltirdi.
«Bu biroz qayg‘uli, chunki u naqadar buyuk futbolchi edi.
Oxir-oqibat, besh yoki o‘n yildan keyin hech kim bu voqealarni eslamaydi. Biz faqat uning qanchalik buyuk futbolchi bo‘lganini xotirlaymiz.
Ammo Messining Argentina terma jamoasi bilan qanday xayrlashganiga qarasak, bu juda chiroyli va ta’sirli bo‘ldi.
Menimcha, Krishtianu ham xuddi shunday xayrlashuvga munosib», — deya Linekerning so‘zlarini keltiradi Sky Sports News.













