«Real» bosh murabbiyi Joze Mourinyo mavsumoldi tayyorgarligi paytida yarim himoyachi Eduardo Kamavinganing o‘yinidan taassurotlandi.
Fransiyalik futbolchi mavsumoldi yig‘inlarida «qirollik klubi»ning har bir uchrashuvida asosiy tarkibda maydonga tushgan yagona futbolchi bo‘ldi. Mourinyo Kamavingada katta salohiyat ko‘rmoqda va uni «qirrasi ochilmagan olmos» deb hisoblaydi. Mutaxassisning fikricha, futbolchi o‘zining eng yaxshi jihatlarini namoyon qilishi uchun u bilan jiddiy ishlash kerak.













