«Liverpul» muzeyi Spirit of Shankly kompaniyasidan Yurgen Klopp haykalini sovg‘a sifatida qabul qilib oldi.
Bu klubning sobiq bosh murabbiyiga uning jamoadagi faoliyati davomida erishgan barcha yutuqlari uchun minnatdorlik belgisi sifatida muxlislar uyushmasi tomonidan taqdim etilgan 45 santimetrlik bronza haykalining aniq nusxasidir.

«Qizillar»ni 2015 yil oktyabridan 2024 yil mayiga qadar boshqargan Klopp haykalda o‘ziga xos kepkasida tasvirlangan. U bir qo‘lini yuragiga bosib turgan bo‘lsa, ikkinchi qo‘li musht qilib yuqoriga ko‘tarilgan holda muxlislarga salom bermoqda.













