«Barselona» hujumchisi Gabriel Jezus ilk bor Kataloniya klubining asosiy tarkibida maydonga tushishi mumkin.
Jamoa sardori Rafinya Dias ehtiyotkorlik chorasi sifatida Ispaniya La Ligasi doirasida «Xetafe»ga qarshi bo‘ladigan navbatdagi uchrashuvni zaxira o‘rindig‘ida boshlashi kutilmoqda.
Sport nashri ma’lumotlariga ko‘ra, «Barselona» bosh murabbiyi Xans-Diter Flik Jezusni mazkur bahsda dastlabki daqiqalardan maydonga tushirish variantini jiddiy ko‘rib chiqmoqda.
29 yoshli hujumchi hozirgacha «Barselona»ning asosiy tarkibida biror marta o‘yin boshlamagan.
Shunga qaramay, u to‘rt marta zaxiradan maydonga tushib, ikkita gol urishga muvaffaq bo‘lgan.
Gabriel Jezus yozgi transferlar davrining so‘nggi kuni Londonning «Arsenal» klubidan «Barselona»ga o‘tgan edi.
«Barselona» va «Xetafe» o‘rtasidagi uchrashuv 10 oktyabr, shanba kuni O‘zbekiston vaqti bilan soat 21:30 da boshlanadi.













