Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Joze Mourinyo murabbiylik faoliyatini yakunlash mavzusida o‘z fikrlarini bildirdi.
O‘tgan yozda portugaliyalik mutaxassis «qirollik klubi»ga qaytib, 2029 yil o‘rtalarigacha mo‘ljallangan shartnoma imzolagan edi. Yanvar oyida «maxsus» murabbiy 64 yoshga to‘ladi.
«Sog‘lom ekanman, murabbiylikni davom ettiraveraman. Men to‘xtamayman», — deya Mourinyuning so‘zlarini Madrid Zone nashri keltirmoqda.
Joze Mourinyuning murabbiylik faoliyati 1980-yillar oxirida «Setubal» yoshlar jamoalarini boshqarishdan boshlangan. U 2000 yil kuzida «Benfika» bosh murabbiyi etib tayinlanganidan buyon asosiy jamoalarda bosh murabbiy sifatida ishlab kelmoqda.
Shanba kuni «Real» Ispaniya chempionati doirasida o‘z maydonida «Vilyarreal»ga qarshi bahs olib boradi.













