"Santos" hujumchisi Neymar Braziliya chempionatining 29-turida "Flamengo"ga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvda dubl qayd etdi. Bahs 2:2 hisobidagi durang bilan yakunlandi.
34 yoshli braziliyalik futbolchi birinchi bo‘limdan so‘ng, jamoasi 0:2 hisobida ortda borayotgan bir paytda Filippe Koutinyoning o‘rniga zaxiradan maydonga tushdi.
Neymar uchrashuvning 82-daqiqasida penaltini aniq amalga oshirib, hisobdagi farqni qisqartirdi. Oradan olti daqiqa o‘tib, u ikkinchi penaltini ham golga aylantirdi va hisobni tenglashtirdi.
Shu tariqa, Neymar "Santos"ni mag‘lubiyatdan qutqardi.
Braziliyalik hujumchi joriy chempionatda 13 ta uchrashuvda ishtirok etib, 8 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.













