Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti milliy jamoa tarixidagi dastlabki 18 ta uchrashuv natijalariga ko‘ra, g‘alabalar foizi bo‘yicha eng yomon ko‘rsatkichni qayd etdi.
Italiyalik mutaxassis boshchiligidagi «selesao» dastlabki 18 ta o‘yinning atigi 10 tasida g‘alaba qozondi. Bu Braziliya terma jamoasini boshqargan barcha murabbiylar orasida dastlabki 18 ta uchrashuv natijalari bo‘yicha eng past ko‘rsatkich hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, Anchelotti Madridning «Real» klubidan ketganidan so‘ng Braziliya terma jamoasi boshqaruvini qo‘lga olgandi. Shu tariqa, u so‘nggi bir necha o‘n yillikda «pentakampeonlar»ni boshqargan birinchi xorijlik murabbiyga aylandi.













