Bugun Fransiya poytaxti Parij shahrida taekvondo WT bo‘yicha Gran-pri turniri start oladi.
11 oktyabrga qadar davom etadigan G6 tasnifidagi mazkur musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi ham ishtirok etadi.
Erkaklar:
- -58 kg: Jahongir Xudoyberdiyev
- -68 kg: Najmiddin Qosimhojiyev
- -68 kg: Diyorbek To‘xliboyev
- -80 kg: Jasurbek Jaysunov
- +80 kg: Marat Mavlonov
- +80 kg: Yodgorbek Jo‘raboyev
Ayollar:
- -57 kg: Madina Mirabzalova
- -67 kg: Ozoda Sobirjonova
- +67 kg: Svetlana Saidova
Musobaqa dasturiga ko‘ra, bugun o‘zbekistonlik sportchilar -58 kg, +80 kg va +67 kg vazn toifalarida medallar uchun bahs olib boradi.













