«Braga» klubi qanot hujumchisi Pau Viktor «Barselona»da Xans-Diter Flik qo‘l ostida o‘tkazgan davrini eslab, germaniyalik mutaxassisning mashg‘ulotlarda futbolchilarga qo‘yadigan talablari haqida gapirdi.
«Flik mashg‘ulotlarda sendan juda ko‘p narsa talab qiladi. Mashg‘ulotlardan boshim aylanib chiqqan paytlarim bir necha bor bo‘lgan.
U mashg‘ulotdan keyin ham trenajyor zalida qolib, shug‘ullanishni davom ettiradigan mehnatkash futbolchilarni yaxshi ko‘radi.
Flik bunday mayda jihatlarni juda qadrlaydi», — dedi Pau Viktor.
Pau Viktor 2024/2025 yilgi mavsumda Flik qo‘l ostida «Barselona»ning asosiy jamoasida to‘p tepgan.
Bunga qadar u kataloniyaliklarning zaxira jamoasi — «Barselona B» safida o‘ynagan.













