Ispaniyaning «Selta» klubi 23 yoshli markaziy himoyachi Xavi Rodriges bilan shartnomani uzaytirganini rasmiy sayti orqali e’lon qildi.
Tomonlar o‘rtasidagi yangi kelishuv 2030 yilning iyun oyigacha amal qiladi.
Shartnomaning moliyaviy tafsilotlari oshkor etilmagan.
Xavi Rodriges «Selta» klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.
Himoyachi joriy mavsumda jamoa safida beshta uchrashuvda maydonga tushgan.
Rodriges «Selta» tarkibida hozirgacha jami 93 ta o‘yinda ishtirok etib, uchta gol urgan va beshta golli uzatmani amalga oshirgan.













