Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Joze Mourinyu braziliyalik hujumchi Vinisius Juniorni yana o‘zining eng yaxshi o‘yin darajasiga qaytarishni maqsad qilgan.
Bu haqda Diario AS nashri xabar bermoqda.
Manba ma’lumotlariga ko‘ra, portugaliyalik mutaxassis Vinisiusni himoyaviy vazifalardan ozod qilish orqali uning avvalgi yuqori saviyadagi o‘yinini tiklashni istamoqda.
Mourinyu jamoaning o‘yin sxemasini o‘zgartirishni rejalashtirmayapti. Biroq u braziliyalik futbolchining himoyadagi vazifalarining bir qismini boshqa o‘yinchiga yuklash niyatida.
Shu tariqa, murabbiy Vinisiusning hujumdagi harakatlarga ko‘proq e’tibor qaratishini ta’minlamoqchi.
Joriy mavsumda Vinisius barcha musobaqalar doirasida sakkizta uchrashuvda maydonga tushib, bitta gol urgan va uchta golli uzatmani amalga oshirgan.













