Myunxenning «Bavariya» klubi bosh murabbiyi Vensan Kompani jamoa futbolchilari Xarri Keyn va Maykl Olisening «Oltin to‘p» mukofotini qo‘lga kiritish imkoniyatlari haqida fikr bildirdi.
«G‘olib allaqachon aniqlangan, shuning uchun mening so‘zlarim hech narsani o‘zgartirmaydi.
Uzr, lekin men har kuni «Oltin to‘p» haqida o‘ylamayman. Hozir meni faqat «Augsburg» qiziqtirmoqda.
Biroq mukofot «Bavariya» futbolchilaridan biriga nasib etishidan umidvorman», — deya Kompanining so‘zlarini keltiradi Bayern & Germany.
«Oltin to‘p» mukofoti uchun ovoz berish jarayoni allaqachon yakunlangan. G‘olib 26 oktyabr kuni Londonda bo‘lib o‘tadigan taqdirlash marosimida e’lon qilinadi.
Germaniya Bundesligasining beshinchi turidan o‘rin olgan «Augsburg» va «Bavariya» o‘rtasidagi uchrashuv 10 oktyabr, shanba kuni bo‘lib o‘tadi.
Bahs O‘zbekiston vaqti bilan soat 18:30 da boshlanadi.













