Bugun, 9 oktyabr kuni O‘zbekiston Superligasining 23-turi doirasida "Paxtakor" va "Bunyodkor" jamoalari o‘zaro bahs olib boradi.
"Paxtakor" stadionida o‘tadigan uchrashuv soat 19:00 da boshlanadi. Bahs oldidan jamoalarning boshlang‘ich tarkiblari ma’lum bo‘ldi.
"Paxtakor": Sanjar Quvvatov, Dilshod Saitov, Muhammadrasul Abdumajidov, Hojiakbar Alijonov, Zaid Tahsin, Oybek Bozorov, Ibrohim Ibragimov, Flamarion Jovino, Sardor Sobirxo‘jayev, Bashar Resan, Ayman Husayn.
"Bunyodkor": Abdumavlon Abdujalilov, Sardor Rahmonov, Islom Anvarov, Narimonjon Ahmadjonov, Shahzodjon Ne’matjonov, Nosirjon Abdusalomov, Shamsiddin Tursunmuhammadov, Muhammadjon Hakimov, Azizbek To‘lqinbekov, Abdulhamid Ikromov, Amir To‘raqulov.
Uchrashuvni Asker Najafaliyev bosh hakam sifatida boshqarib boradi. Unga qanotlarda Baxtiyorxo‘ja Shavkatov va Ruslan Serazitdinov yordam beradi. Zaxira hakami — Nurbek Sheraliyev.
Firdavs Norsafarov VAR, Islom Azimov esa AVAR hakami sifatida ishlaydi. Uchrashuv nazoratchisi — Bobur Haydarov, komissar — Qudrat Madraimov.
"Paxtakor"ni Kamoliddin Tojiyev, "Bunyodkor"ni esa Ivan Boshkovich boshqarmoqda.













