Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/10 00:00 Koventri Siti 4-1 Nyukasl
13/10 00:00 Levante 3-3 Sevilya
13/10 12:45 Nyukasl Jets 1-3 Gamba Osaka
13/10 15:00 Shangxay Port 1-1 Tejon Hana Citizen
13/10 15:00 Poxang Stilers 0-2 Johor Dorul Ta'zim
13/10 15:00 Kyoto Sanga 1-0 Ratchaburi
13/10 17:15 Kongan Hanoi 0-1 Kashima Antlers
13/10 17:15 Buriram Yunayted 0-1 Beyjing Guoan
13/10 18:45 As-Siyb 0-3 Al-Hussayn
13/10 21:00 As-Sadd 0-2 Al-Hilol
13/10 21:00 Ist Bengal 2-3 Ash-Shorta
13/10 21:45 Sabah 2-0 Slaviya
13/10 21:45 Lans 0-2 Sporting
13/10 23:15 Al-Ittihod 1-2 Shabab al-Ahli
13/10 23:59 Galatasaroy 1-4 Barselona
13/10 23:59 Atletiko 2-0 Man. Yunayted
13/10 23:59 Arsenal 3-0 Lill
13/10 23:59 Vilyarreal 3-1 Napoli
13/10 23:59 Inter 3-4 Bryugge
13/10 23:59 RB Leypsig 1-0 PSV
13/10 23:59 Viking 3-3 Bavariya
14/10 12:45 Melburn Viktori - Seul
14/10 15:00 Kashiva Reysol - Port
14/10 15:00 Vissel Kobe - Chonbuk Motors
14/10 17:15 Persib - Kong-Vittel
14/10 18:45 Nasaf - Al-Vahda
14/10 21:00 Al-Jaziyra - Arkadag'
14/10 21:00 Kuvayt SK - Xolidiya
14/10 21:00 Al-Muharraq - Gol Gohar
14/10 21:00 At-Ta'vun - Ar-Rayyan
14/10 21:00 Al-Faysaliy - An-Nahda

«Andijon» klubi «Buxoro»ga qarshi o‘yindagi hakamlikka jiddiy e’tiroz bildirdi

«Andijon» klubi «Buxoro»ga qarshi o‘yindagi hakamlikka jiddiy e’tiroz bildirdi

Baho:
+1 | -

Superliganing 23-turida «Andijon» safarda «Buxoro»ga qarshi bahs olib bordi. Martin Boakye va Bekzod Sulaymonovning gollari «Andijon»ga 2:0 hisobida ustunlik berdi. Biroq 81-, 84- va 90+5-daqiqalarda o‘tkazib yuborilgan gollar andijonliklarning alamli mag‘lubiyatga uchratdi.

«Andijon» matbuot xizmati mazkur o‘yinni boshqargan hakamlar bir nechta epizodlar bo‘yicha o‘z e’tirozini ma’lum qildi.

"38-daqiqa. Hakamning reaksiyasi qani?

Maydon markazi yaqinida to‘p «Andijon» futbolchisi Rustam Turdimurodovga havodan kelayotgan mahal raqib o‘yinchisi uni qo‘li bilan ushlab, to‘xtatib qoldi. Shu tariqa jamoamizning hujumi to‘xtatildi.

Eng qizig‘i, bosh hakam Rustam Choriyev ushbu qoidabuzarlikka umuman reaksiya bildirmadi. Na fol, na jazo — o‘yin davom etdi.

Raqib futbolchisining qo‘l bilan ushlab qolishi ochiq ko‘rinib turgan vaziyatda hakamning bunday harakatsizligi qanday izohlanadi? Qoidalar barcha jamoalar uchun bir xil bo‘lishi kerak emasmi?

63-daqiqa. Qizil kartochka o‘rniga sariq kartochka!

Martin Boakye darvozabon bilan birga-bir chiqib borayotgan vaziyatda «Buxoro» himoyachisi Kirill Todorov uni ochiqdan-ochiq ushlab qoldi.

Bu — «Andijon»ning gol urishi mumkin bo‘lgan imkoniyatini yo‘qqa chiqargan so‘nggi umid foli edi. Ammo bosh hakam Todorovni maydondan chetlatish o‘rniga unga sariq kartochka ko‘rsatdi.

Nima uchun qizil kartochka berilmadi? Boakyening gol urish imkoniyatiga to‘sqinlik qilinganini ko‘rsatuvchi ushbu epizodda hakamning qarori jiddiy e’tiroz uyg‘otadi.

82-daqiqa. Bahsli autdan keyin gol!

«Andijon» zaxira o‘rindig‘i oldida to‘p raqib futbolchisidan maydon tashqarisiga chiqdi. Qanot hakami jamoamiz foydasiga bayroq ko‘tardi. Ammo bosh hakam Rustam Choriyev teskari qaror chiqarib, autni «Buxoro»ga berdi.

Buning o‘zi yetmagandek, raqib futbolchisi autni to‘p chiqqan joydan ancha oldinroqda tashladi. Hujum davom etdi va «Buxoro» gol urdi.

Shunday qilib, «Andijon» foydasiga bo‘lishi kerak bo‘lgan aut raqibga berildi va ortidan gol kiritildi. Qanot hakamining qarori nima uchun inobatga olinmadi? Nega hakamlarning fikri bir joydan chiqmadi? Aut nega boshqa joydan tashlanishiga yo‘l qo‘yildi? Bu epizodga Hakamlar qo‘mitasi aniq izoh berishi shart!

90+1-daqiqa. Jarima maydonidagi qo‘l — penalti yo‘q

Bekzod Sulaymonovning raqib jarima maydoni ichiga uzatgan to‘pidan keyin «Buxoro» himoyachisi Xurshid Muxtorov to‘pga qo‘li bilan tegdi. Ammo bosh hakam penalti belgilamadi.

«Andijon»ning e’tirozi aniq: jarima maydonidagi ushbu holat nima uchun penalti sifatida baholanmadi? Videoepizod hakamlar tomonidan jiddiy ko‘rib chiqilishi kerak bo‘lgan vaziyatlardan biridir.

90+3-daqiqa. Ikkinchi qo‘l, ikkinchi penaltisiz qaror

Oradan ikki daqiqa o‘tib, yana Xurshid Muxtorov. Martin Boakye bilan to‘p uchun kurashda himoyachi to‘pga qo‘li bilan tegdi va uning yo‘nalishini o‘zgartirdi. Choriyev esa yana penalti belgilamadi.

Qisqa vaqt ichida bir himoyachi ishtirokida ikkita qo‘l bilan o‘ynash epizodi, ammo «Andijon» foydasiga birorta ham penalti yo‘q. Bu vaziyatlarda VAR nima bilan band edi? Epizodlar tekshirildimi? Tekshirilgan bo‘lsa, qanday xulosaga kelindi?

Bu savollar javobsiz qolmasligi kerak.

38-daqiqada Turdimurodovning qo‘l bilan ushlab to‘xtatilishiga reaksiya bo‘lmadi. 63-daqiqada Boakyega nisbatan qoidabuzarlik uchun qizil kartochka berilmadi. 82-daqiqadagi bahsli autdan keyin «Buxoro» gol urdi. 90+1 va 90+3-daqiqalarda esa jarima maydonidagi ikkita qo‘l bilan o‘ynash holatiga qaramay, penalti belgilanmadi.

«Andijon» futbolchilari g‘alaba uchun bor kuchini sarfladi. Muxlislar jamoani qo‘llab-quvvatlash uchun uzoq yo‘l bosib keldi. Ammo o‘yin yakunida alamli mag‘lubiyat va hakamlik qarorlari bilan bog‘liq jiddiy e’tirozlar qoldi.

Futbolda hakamning vazifasi — qoidalarni xolis qo‘llash va o‘yin taqdiriga ta’sir qiluvchi vaziyatlarda to‘g‘ri qaror chiqarish. «Buxoro» — «Andijon» uchrashuvida esa Rustam Choriyevning bir qator qarorlari ana shu vazifa qay darajada bajarilgani haqida jiddiy savollar tug‘dirdi.

Hakamlar qo‘mitasidan ushbu vaziyatlar bo‘yicha rasmiy munosabat kutamiz. Har bir holat videyozuvlar asosida tahlil qilinishi va qabul qilingan qarorlarga aniq baho berilishi shart.

Chunki futbolda natija maydonda hal bo‘lishi kerak. Hakamlik esa jamoalarning mehnati va muxlislarning ishonchini shubha ostida qoldirmasligi lozim", — deyiladi "Andijon" matbuot xizmati tarqatgan xabarda.

Manba: @andijonpfc
Kiritildi: 07:24, 10.10.2026.
O'qildi: 1791 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик