Turkiya futbol federasiyasi sobiq futbolchi Arda Turonni milliy terma jamoa bosh murabbiyi etib tayinlash masalasini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda jurnalist va insayder Nikolo Skira X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.
Manbaga ko‘ra, Turonning ushbu lavozimga tayinlanish ehtimoli yuqori. NTV Spor ma’lumotiga qaraganda, u bir vaqtning o‘zida ham klubda, ham milliy terma jamoada ishlashi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, 9 oktyabr kuni italiyalik Vinchenso Montella Turkiya terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimidan ozod etilgan edi.
Arda Turon 2025 yildan buyon «Shaxtyor» klubini boshqarib kelmoqda. Uning qo‘l ostida jamoa o‘tgan mavsumda Ukraina chempioniga aylangan.
Turon Turkiya milliy terma jamoasi safida 100 ta uchrashuvda maydonga tushib, 16 ta gol urgan va 25 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Shuningdek, u terma jamoa sardori ham bo‘lgan.













