Internetda Lionel Messining Argentina terma jamoasi safidagi so‘nggi uchrashuvida foydalanilgan to‘pning surati paydo bo‘ldi.
Bu bahsda argentinaliklar Buenos-Ayresdagi «Mas Monumental» stadionida Benin terma jamoasini 3:0 hisobida mag‘lub etdi. Messi uchrashuvda bir marta gol urib, ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.
Uchrashuvda standart «adidas Argentum Gambeta» to‘pidan foydalanilgan. Biroq unda Messiga bag‘ishlangan maxsus termonakleykalar borligi internet foydalanuvchilarining e’tiborini tortdi.
To‘pda futbolchi ishtirok etgan jahon chempionatlari — 2006, 2010, 2014, 2018, 2022 va 2026 yillar qayd etilgan. Shuningdek, sardorning jamoadoshlari qurshovidagi surati, «So‘nggi raqs» yozuvi va Argentina terma jamoasi sardorining silueti aks ettirilgan. To‘pda uchrashuv o‘tkazilgan sana va joy ham ko‘rsatilgan.
Messi Argentina terma jamoasi safida jami 208 ta uchrashuvda maydonga tushib, 126 ta gol urgan va 70 ta golli uzatmani amalga oshirgan.














