Niderlandiyalik mutaxassis Arne Slot Angliya Premyer-ligasiga qaytishi mumkin.
Bu haqda Transfer News Live jurnalistlari ESPN nashriga tayanib xabar bermoqda.
Manba ma’lumotlariga ko‘ra, "Liverpul"ning sobiq bosh murabbiyini Londonning "Tottenxem" klubi taklif qilishi mumkin.
"Shporlar" Arne Slotni Roberto de Dzerbining o‘rniga asosiy nomzodlardan biri sifatida ko‘rib chiqmoqda.
Italiyalik mutaxassis qo‘l ostida "Tottenxem" 2026/2027 yilgi mavsumni muvaffaqiyatsiz boshladi.
Angliya Premyer-ligasining beshta turidan so‘ng London klubi bor-yo‘g‘i ikki ochko jamg‘argan holda turnir jadvalining so‘nggi pog‘onasini egallab turibdi.
De Dzerbi shogirdlari mamlakat chempionatidagi navbatdagi uchrashuvini safarda "Manchester Yunayted"ga qarshi o‘tkazadi.
Bahs 10 oktyabr, shanba kuni "Old Trafford" stadionida bo‘lib o‘tadi.













