"Portu" futbolchisi Rodrigo Moraning "Roma"ga transferi Portugaliya klubining moliyaviy ko‘rsatkichlarini o‘zgartirishi mumkin edi.
Bu haqda klub prezidenti Andre Villash-Boash o‘tgan moliyaviy yil yakunlariga bag‘ishlangan hisobot taqdimotida ma’lum qildi.
"Portu" o‘tgan moliyaviy yilni 21 million yevro zarar bilan yakunlagan.
Klub rahbarining ta’kidlashicha, agar portugaliyalik yosh iste’dod Rodrigo Moraning sotuvi 30 iyungacha amalga oshirilganida, "Portu" moliyaviy yilni foyda bilan yakunlagan bo‘lardi.
"Agar Rodrigo Moraning transferi 30 iyungacha rasmiylashtirilganida, moliyaviy natijamiz ijobiy bo‘lardi", — deya Villash-Boashning so‘zlarini keltiradi derbyderbyderby.it nashri.
Ayni paytda "Portu" Portugaliya chempionati turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.













