Londonning «Arsenal» klubi bosh murabbiyi Mikel Arteta «Manchester Siti» atrofidagi mojaro Angliya Premyer-ligasi obro‘siga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi haqida fikr bildirdi.
«Bu holat Premyer-liga obro‘siga ta’sir qilmasligiga ishonmoqchiman. Ammo, bilasizmi, bunga ishonchim komil emas.
Biroq bu bizning hal qiladigan masalamiz emas. Bizning vazifamiz — o‘z darajamizda qo‘limizdan kelgan barcha ishni qilib, liganing dunyodagi eng yaxshi chempionat maqomini saqlab qolishiga hissa qo‘shish», — dedi Arteta matbuot anjumanida.
Angliya chempionatining oltinchi turi boshlanishi oldidan «Arsenal» 12 ochko bilan turnir jadvalida ikkinchi o‘rinni egallab turibdi.
«To‘pchilar»dan faqat 15 ochko jamg‘argan «Manchester Siti» oldinda bormoqda.













