Italiya futbol federasiyasi (FIGC) prezidentligi uchun saylov ikki oydan so‘ng — 14 dekabr kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
Ayni paytda tashkilotda komissar vazifasini Jovanni Malago bajarmoqda. E’tiborlisi, u joriy yilning iyun oyidayoq Italiya futbol federasiyasi prezidentligi uchun o‘tkazilgan saylovda g‘olib chiqqan edi.
Biroq Malago o‘z nomzodini ilgari surgan va keyinchalik saylovda g‘alaba qozongan vaqtda zarur rasmiy ro‘yxatdan o‘tish jarayonidan o‘tmagan bo‘lgan.
Natijada Italiya futbol federasiyasida tashqi boshqaruv joriy etish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
derbyderbyderby.it nashri eslatishicha, tomonlar o‘rtasidagi muzokaralardan so‘ng Malago komissar lavozimini egallagan.
Bundan tashqari, 67 yoshli funksioner bo‘lajak saylovda yagona nomzod bo‘lib qolishi mumkin. Bunday holat uning g‘alaba qozonish imkoniyatini juda yuqori darajaga olib chiqadi.













