«Barselona» yaqin vaqt ichida yana bir futbolchisi bilan shartnoma uzaytirilganini e’lon qilishi mumkin.
Kataloniyaliklar yaqinda joriy mavsumda asosiy jamoa safidan joy olgan istiqbolli qanot himoyachisi Xavi Espart bilan yangi kelishuv imzolagan edi.
Insayder Matteo Morettoning xabar berishicha, endi «Barselona» Jerar Martin bilan ham shartnomani uzaytirish niyatida.
Klub bu yo‘nalishda allaqachon ish boshlagan.
Jamoa bosh murabbiyi Xans-Diter Flik 24 yoshli ispaniyalik himoyachiga to‘liq ishonch bildirmoqda.
Jerar Martinning «Barselona» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning o‘rtalarigacha mo‘ljallangan.
Himoyachi joriy mavsumda kataloniyaliklar safida oltita uchrashuvda ishtirok etdi.













