Madridning «Real» klubi va Rossiya terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi Fabio Kapello Italiya A Seriyasidagi joriy vaziyatni tahlil qildi.
«Hozirgi chempionatning eng ajoyib jihati shundaki, mutlaqo barcha jamoalar juda yuqori tezlikda o‘ynay boshladi.
A Seriyada nihoyat haqiqiy tezkor futbol namoyish etila boshlandi!
Musobaqa ancha shiddatli va tomoshabop tus oldi. Turnir jadvalining yuqori qismida raqobat nihoyatda kuchli. Bir nechta klub deyarli bir xil ochko bilan kurash olib bormoqda.
«Inter»ga kelsak, ularni maqtash kerak. Jamoa ajoyib futbol namoyish etmoqda, ammo o‘z darvozasidan haddan tashqari ko‘p gol o‘tkazib yubormoqda.
Agar hujum va himoya o‘rtasidagi muvozanatni tiklay olmasa, bunday ishonchsiz himoya ertami-kechmi chempionlik uchun kurashda muammolar keltirib chiqaradi.
Shu bilan birga, «Milan» va «Yuventus» tarkib hamda o‘yin uslubini qayta shakllantirish, maksimal barqarorlikka erishish yo‘lida ishlashda davom etmoqda.
Chempionlik uchun kurashda tarkibning kengligi va qog‘ozda oson ko‘ringan uchrashuvlarda ham diqqatni yo‘qotmaslik hal qiluvchi omilga aylanadi», — deya Kapelloning so‘zlarini keltiradi La Gazzetta dello Sport nashri.













