Yangi turnir Jahon chempionati va Osiyo kubogi saralash sikllarini tubdan qayta ko‘rib chiqishning bir qismi bo‘ladi. Bu haqida ESPN xabar qildi. Ushbu tashabbus Yevropa, KONKAKAF zonasi va 2029 yilda shunga o‘xshash turnir boshlanadigan Afrika misolida tashkil qilinadi.
Turnir har ikki yilda bir marta o‘tkaziladi. Ishtirokchilar uchta divizionga bo‘linadi: birinchi va ikkinchi divizionda 18 ta jamoa, uchinchisida esa 11 ta jamoa ishtirok etadi. Yevropa Millatlar Ligasiga o‘xshab, konfederasiya darajalar o‘rtasida avtomatik ravishda ko‘tarilish va pastga tushish tizimini joriy qiladi.
Jahon chempionati bilan bog‘liq sikllarda yuqori diviziondagi eng yaxshi oltita jamoa turnirga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanma oladi. Bunday birinchi turnir 2032/33 yilgi mavsumga rejalashtirilgan. Yettinchidan o‘ninchigacha o‘rinda bo‘lgan jamoalar qolgan ikkita yo‘llanma uchun qo‘shimcha turnirda o‘ynaydi. Uchinchi o‘rinni egallagan jamoa boshqa konfederasiya terma jamoasiga qarshi pley-offda o‘ynaydi.
Osiyo Kubogiga saralash bosqichi ham 2030 yildan boshlab Millatlar Ligasi orqali o‘tkaziladi. Bu konfederasiyaga ikkita yirik turnirning saralash bosqichlarini yagona tizimga birlashtirish imkonini beradi.













