Angliyalik qanot hujumchisi Entoni Gordon "Barselona" safidagi ilk golini urdi.
Futbolchi Ispaniya La Ligasining 8-turi doirasida "Xetafe"ga qarshi o‘tkazilayotgan uchrashuvning 2-daqiqasida hisobni ochdi.
Bu Gordonning kataloniyaliklar tarkibidagi sakkizinchi o‘yinida urgan birinchi goli bo‘ldi.
Shu tariqa, futbolchi ketma-ket to‘rtinchi uchrashuvda raqib darvozasini ishg‘ol qildi.
Bunga qadar Gordon Angliya terma jamoasi safida ketma-ket uchta o‘yinda gol urgan edi.
U Ispaniyaga qarshi uchrashuvda (2:3), Chexiya bilan bahsda (2:0) va Xorvatiyaga qarshi o‘yinda (7:0) bittadan gol kiritgan.













