"Trabzonspor" qanot hujumchisi Muhammad Saloh Turkiya chempionatining joriy mavsumida o‘tkazgan yettita uchrashuvida yettita gol urib, uchta golli uzatmani amalga oshirdi.
Bugun misrlik futbolchi Turkiya Superligasining 7-turi doirasida "Samsunspor"ga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvda Frankulinu Juga golli uzatma berdi.
Mazkur bahs "Trabzonspor"ning 3:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
Shu tariqa, Saloh joriy mavsumdagi yettita o‘yinda jami 10 ta golli harakatni amalga oshirdi — yettita gol va uchta assist.
Ayni paytda Muhammad Saloh yettita gol bilan Turkiya chempionatining eng yaxshi to‘purarlari ro‘yxatida "Amed" futbolchisi Gift Orban bilan birinchi o‘rinni bo‘lishib turibdi.













