«Barselona» bosh murabbiy Xans-Diter Flik qo‘l ostida navbatdagi yirik g‘alabasini qo‘lga kiritdi.
Kataloniyaliklar Ispaniya La Ligasining 8-turidan o‘rin olgan uchrashuvda «Xetafe»ni 3:0 hisobida mag‘lub etdi.
Bu «Barselona»ning germaniyalik mutaxassis boshchiligida o‘tkazgan 126 ta o‘yinda kamida uchta to‘p farqi bilan erishgan 43-g‘alabasi bo‘ldi.
Flik davrida kataloniyaliklar «Valensiya»ni to‘rt marta (7:1, 5:0, 6:0, 5:0), «Atletik»ni (3:0, 4:0, 5:0), «Malyorka»ni (5:1, 3:0, 3:0) va «Sevilya»ni (5:1, 4:1, 5:2) uch martadan yirik hisobda mag‘lub etgan.
Shuningdek, «Barselona» «Real» (4:0, 5:2), «Jirona» (4:1, 4:1) va «Vilyarreal» (5:1, 4:1) ustidan ikki martadan yirik g‘alabaga erishgan.
Bundan tashqari, kataloniyaliklar quyidagi jamoalarni ham kamida uchta to‘p farqi bilan mag‘lub etishga muvaffaq bo‘lgan:
«Feyenoord» (5:1), «Valyadolid» (7:0), «Yang Boyz» (5:0), «Alaves» (3:0), «Bavariya» (4:1), «Srvena Zvezda» (5:2), «Brest» (3:0), «Barbastro» (4:0), «Betis» (5:1), «Real Sosyedad» (4:0), «Borussiya» (4:0), «Olimpiakos» (6:1), «Ovyedo» (3:0), «Kopengagen» (4:1), «Levante» (3:0), «Xetafe» (3:0), «Osasuna» (3:0), «Atletiko» (3:0), «Nyukasl» (7:2), «Espanyol» (4:1), «Elche» (5:0), «Rayo Valyekano» (5:2) va «Rasing» (7:2).
Eslatib o‘tamiz, Xans-Diter Flik 2024 yildan buyon «Barselona» bosh murabbiyi sifatida faoliyat yuritmoqda.













