«Barselona» qanot hujumchisi Lamin Yamal Ispaniya La Ligasining 8-turidan o‘rin olgan «Xetafe»ga qarshi uchrashuvda (3:0) navbatdagi golli uzatmasini amalga oshirdi.
19 yoshli futbolchi mazkur bahsda Jyul Kundening goliga assistentlik qildi.
Shu tariqa, Yamal joriy mavsum Ispaniya chempionatida o‘tkazgan 8 ta uchrashuvida 7 ta gol urib, 5 ta golli uzatma qayd etdi. U La Ligada jami 12 ta golda bevosita ishtirok etgan.
Umumiy hisobda esa Lamin Yamal ushbu mavsum «Barselona» va Ispaniya milliy terma jamoasi safida 13 ta uchrashuvda maydonga tushib, 12 ta gol va 8 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.













