Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/10 00:00 Real Madrid 4-1 Sevilya
19/10 21:30 Monsa 4-0 Kalyari
19/10 23:45 Parma 0-3 Torino
20/10 00:00 Xetafe 1-1 Rayo Valyekano
20/10 00:00 Tottenhem 3-1 Koventri Siti
20/10 18:30 OKMK - Guliston
20/10 19:00 So‘g‘diyona - Andijon
20/10 19:00 Neftchi - Lokomotiv
20/10 21:45 Sabah - Borussiya D
20/10 21:45 Fenerbaxche - Slaviya
21/10 00:00 PSJ - Barselona
21/10 00:00 Manchester Siti - AEK
21/10 00:00 Shtutgart - Atletiko
21/10 00:00 Liverpul - Vilyarreal
21/10 00:00 Portu - PSV
21/10 00:00 Roma - Slovan
21/10 00:00 Napoli - Bude-Glimt
21/10 19:00 Navbahor - G'azalkent
21/10 23:00 Levante - Atletik Bilbao

Jurnalist: "Vinisius "el-klasiko"da o‘ynasa, bu sharmandalik bo‘ladi"

Jurnalist: "Vinisius "el-klasiko"da o‘ynasa, bu sharmandalik bo‘ladi"

Baho:
+ | -

Madridning "Real" klubi qanot hujumchisi Vinisius Junior "Barselona"ga qarshi bo‘lib o‘tadigan "el-klasiko"ni o‘tkazib yuborishi mumkin.

Braziliyalik futbolchi shanba kuni "Vilyarreal"ga qarshi uchrashuvda maydondan chetlatildi. 26 yoshli vinger golli vaziyatda raqib futbolchisining sochidan tortgani uchun jazolandi. VAR tekshiruvidan so‘ng gol bekor qilindi, Vinisiusga esa to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochka ko‘rsatildi.

Jurnalist Niko Rodriges El Chiringuito dasturida ushbu vaziyatga munosabat bildirib, Vinisiusga jiddiy jazo berilishi kerakligini ta’kidladi.

"Agar Vinisius ikki haftadan keyingi "el-klasiko"da maydonga tusha olsa, bu sharmandalik bo‘ladi. Uni ikki yoki uchta o‘yinga diskvalifikasiya qilishlari shart", — dedi jurnalist.

Eslatib o‘tamiz, "Real" va "Barselona" o‘rtasidagi "el-klasiko" 25 oktyabr kuni Ispaniya La Ligasining 10-turi doirasida bo‘lib o‘tadi. Mazkur bahsga kataloniyaliklar mezbonlik qiladi.

Unga qadar Joze Mourinyu boshchiligidagi madridliklar 18 oktyabr kuni chempionat doirasida "Sevilya"ga qarshi maydonga tushadi.

Kiritildi: 09:50, 11.10.2026.
O'qildi: 1220 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик