"Liverpul"ning sobiq sardori Jeymi Karrager Krishtianu Ronaldu borasida "Manchester Yunayted"ning sobiq himoyachisi Rio Ferdinand va jurnalist Pirs Morgan bilan davom etayotgan tortishuviga yana bir bor munosabat bildirdi.
Avvalroq Karrager portugaliyalik futbolchini qo‘llab-quvvatlayotgan har ikki ekspertni tanqid qilib, ular o‘zlarini kulgili ahvolga solib qo‘yayotganini ta’kidlagan edi.
Bu safar "Liverpul" afsonasi yanada oldinga o‘tib, Pirs Morganning 2008 yilda e’lon qilingan maqolasini topdi. O‘sha materialda jurnalist Krishtianu Ronalduni "injiq bola" deb atagan.
Karrager mazkur maqoladan olingan gazetaning surat parchasini X ijtimoiy tarmog‘ida e’lon qilib, unga quyidagicha izoh qoldirdi:
"Qanday soxtakorsan!"

Shu tariqa, Karrager bugun Ronalduni faol himoya qilayotgan Morganning avval portugaliyalik futbolchi haqida bildirgan tanqidiy fikrlarini eslatdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Krishtianu Ronaldu Portugaliya milliy terma jamoasi o‘yinlaridan vaqtincha chetlatilgani haqida xabar berilgan edi.
Shunga qaramay, 41 yoshli hujumchi noyabr oyidagi uchrashuvlar uchun milliy jamoaga chaqirilishi mumkin. Bu haqda Portugaliya futbol federasiyasi prezidenti Pedru Proensa ma’lum qilgan.













