"Brayton" yarim himoyachisi Paskal Gross Angliya Premyer-ligasida o‘ziga xos statistik natijaga erishdi.
Angliya chempionatining 6-turidan o‘rin olgan uchrashuvda "Brayton" safarda "Sanderlend"ni 2:0 hisobida mag‘lub etdi. Mazkur bahsda Paskal Gross golli uzatma muallifi bo‘ldi.
Shu tariqa, germaniyalik futbolchi APLda ketma-ket uchinchi uchrashuvida assist qayd etdi.
35 yoshu 117 kunlik Gross 2012 yil fevralidan buyon Angliya Premyer-ligasida ketma-ket uchta o‘yinda golli uzatma amalga oshirgan eng yoshi katta futbolchiga aylandi.
So‘nggi bor bunday natijani "Manchester Yunayted" afsonasi Rayan Giggz qayd etgan edi. U 2012 yil fevralida 38 yoshu 68 kunligida APLning ketma-ket uchta uchrashuvida golli uzatma muallifi bo‘lgan.
"Brayton" chempionatning navbatdagi turida "Kristal Pelas"ga qarshi maydonga tushadi.
Ayni paytda "chaykalar" Angliya Premyer-ligasi turnir jadvalida uchinchi o‘ringa ko‘tarilgan.













