"Tottenxem"ning sobiq futbolchisi Jeymi Rednapp Angliya Premyer-ligasi doirasida "Manchester Yunayted"ga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvdan so‘ng londonliklarning o‘yinini yuqori baholadi.
Sobiq futbolchining ta’kidlashicha, u "Tottenxem"ning harakatlarida ko‘plab ijobiy jihatlarni ko‘rgan. Shu bilan birga, Rednapp "Manchester Yunayted"ning hozirgi saviyasini tanqid qildi.
"Bugungi o‘yinda "Tottenxem"ning harakatlarida ko‘plab ijobiy jihatlarni ko‘rdim. Ular "Manchester Yunayted"dan o‘yinning barcha jabhalarida ustunlik qildi. Aslida bu holat joriy mavsum davomida ham kuzatilmoqda.
"Manchester Yunayted"ning o‘yini va hozirgi tarkibiga qarab, bu jamoa har bir uchrashuvda yuqori darajada barqaror raqobatlasha olishini tasavvur qilishim qiyin.
Ularga shunchaki mahorat va saviya yetishmayapti", — deya Rednappning so‘zlarini keltiradi BBC Sport.
Qayd etish joiz, "Tottenxem" Angliya Premyer-ligasining joriy mavsumida hali biror marta ham g‘alaba qozongani yo‘q.













