«Barselona» qanot hujumchisi Entoni Gordon Ispaniya La Ligasining 2026/2027 yilgi mavsumidagi eng tezkor gol muallifiga aylandi.
Angliyalik futbolchi chempionatning 8-turidan o‘rin olgan «Xetafe»ga qarshi uchrashuvda bahs boshlanganidan atigi 78 soniya o‘tib raqib darvozasini ishg‘ol qildi.
Bu Gordonning Ispaniya La Ligasidagi ilk goli bo‘ldi. Shuningdek, mazkur gol joriy mavsum chempionatning dastlabki sakkizta turida qayd etilgan eng tezkor gol sifatida tarixga kirdi.
Hozirga qadar 2026/2027 yilgi mavsumda hech bir futbolchi Gordondan tezroq gol ura olmagan.
Qayd etish joiz, «Barselona» ushbu bahsda Gordonning goli bilan cheklanib qolmadi. Kataloniyaliklar raqib darvozasini yana ikki bor ishg‘ol qilib, 3:0 hisobida ishonchli g‘alabaga erishdi.
Shu tariqa, «Barselona» Ispaniya chempionatidagi eng yaxshi start natijasini takrorladi.
Kataloniyaliklar La Ligadagi navbatdagi uchrashuvini kelasi hafta oxirida Sevilyaning «Betis» klubiga qarshi o‘tkazadi.













