«Tottenxem» rahbariyati italiyalik mutaxassis Roberto De Dzerbini iste’foga chiqarishni rejalashtirmayapti. Bu haqda TEAMtalk nashri xabar bermoqda.
Mavsumni omadsiz boshlaganiga qaramay (6 ta o‘yinda 3 ochko), klubda De Dzerbi o‘z loyihalarini amalga oshirish uchun munosib murabbiy ekaniga ishonishmoqda. Rahbariyat natijalar yaxshilanishidan umid qilmoqda. Italiyalik mutaxassisning o‘zi ham jamoadagi faoliyatini davom ettirish niyatida. Manba ma’lumotlariga ko‘ra, uning o‘z xohishi bilan klubni tark etishidan xavotirlanish uchun ham asos yo‘q.
Yozda «Tottenxem» tarkibni kuchaytirish uchun katta mablag‘ sarfladi. Endi klub murabbiyga o‘zini ko‘rsatishi uchun vaqt bermoqchi.
De Dzerbining mavqei baholanayotganda, uning o‘tgan mavsum yakunidagi faoliyati ham inobatga olinmoqda. U mart oyi oxirida, jamoa Angliya Premyer-ligasidagi o‘rnini saqlab qolish uchun kurashayotgan paytda boshqaruvni qo‘lga olgan va «Tottenxem»ning elita divizionda qolishiga yordam bergan.













