"Barselona" klubi skautlar bo‘limi rahbari Joau Amaral jamoaning misrlik hujumchisi Hamza Abdulkarimning o‘yin uslubi va salohiyati haqida o‘z fikrlarini bildirdi.
Kataloniya klubi o‘tgan yozda futbolchini Qohiraning "Al-Ahli" jamoasidan to‘liq sotib olgan edi. Bunga qadar Abdulkarim olti oy davomida ijara asosida "Barselona"ning zaxira jamoasida to‘p surgan.
"Hamza — ancha to‘g‘ridan-to‘g‘ri harakat qiladigan, klassik markaziy hujumchi. Odatda, "La Masiya" akademiyasida bunday uslubdagi hujumchilar yetishib chiqmaydi.
U jamoamizga ayni kerakli paytda keldi, o‘z oldiga qo‘yilgan sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tdi va nisbatan arzon narxda amalga oshirilgan foydali transferga aylandi", — dedi Amaral. Uning so‘zlarini Barca Buzz nashri keltirmoqda.
Hamza Abdulkarim hozirga qadar "Barselona"ning asosiy jamoasi safida atigi ikkita uchrashuvda maydonga tushgan.
Istiqbolli misrlik futbolchi 1 yanvar kuni 19 yoshga to‘ladi.













