Osiyo Chempionlar ligasi Elit turnirining 2-turidan o‘rin olgan Saudiya Arabistonining "An-Nasr" hamda Farg‘onaning "Neftchi" jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvga hakamlar brigadasi tayinlandi.
Osiyo futbol konfederasiyasi qaroriga ko‘ra, mazkur bahsni xitoylik tajribali hakam Ma Nin boshqarib boradi.
Unga qanotlarda hamyurtlari Chjou Fey va Lo Chjen yordam beradi. To‘rtinchi hakam vazifasi Chjan Leyga ishonib topshirilgan.
VAR tizimida ham xitoylik mutaxassislar faoliyat olib boradi. Fu Min videotakrorlar bo‘yicha bosh hakam, Du Syansin esa uning yordamchisi sifatida ishlaydi.
"An-Nasr" — "Neftchi" uchrashuvi rasmiylari:
-
Bosh hakam: Ma Nin (Xitoy)
-
Yordamchi hakamlar: Chjou Fey, Lo Chjen (ikkalasi ham Xitoy)
-
To‘rtinchi hakam: Chjan Ley (Xitoy)
-
VAR hakami: Fu Min (Xitoy)
-
AVAR hakami: Du Syansin (Xitoy)
-
Uchrashuv komissari: Bassem Ez Zuhayri (Livan)
-
Hakamlar inspektori: Ismoil Adnan Ismoil Alxof (Iordaniya)
-
VAR axborot xizmati xodimi: Maher Abdulrahim Madi Shenar (Iordaniya)
Eslatib o‘tamiz, "An-Nasr" — "Neftchi" uchrashuvi bugun, 12 oktyabr kuni Ar-Riyodda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Bahs O‘zbekiston vaqti bilan soat 23:15 da boshlanadi.













