Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/10 19:00 Bunyodkor 1-1 So‘g‘diyona
16/10 19:00 Qo‘qon-1912 2-4 Neftchi
16/10 19:00 Surxon 0-0 Xorazm
16/10 23:45 Frozinone 4-2 Sassuolo
17/10 00:00 Deportivo 1-1 Levante
17/10 18:00 Lokomotiv - Nasaf
17/10 19:00 Dinamo - Buxoro
17/10 19:00 Navbahor - Paxtakor

«Manchester Yunayted» Maykl Kerrik o‘rniga Antonio Konteni tayinlashi mumkin

«Manchester Yunayted» Maykl Kerrik o‘rniga Antonio Konteni tayinlashi mumkin

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted» rahbariyati jamoaning qoniqarsiz natijalari fonida bosh murabbiy Maykl Karrikni iste’foga chiqarib, uning o‘rniga Antonio Konteni tayinlash imkoniyatini jiddiy ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Italiyaning Calciomercato nashri xabar berdi.

Manchesterliklar Angliya Premyer-ligasining dastlabki oltita uchrashuvida atigi bitta g‘alaba qozondi. Shuningdek, jamoa Angliya Liga kubogida «Brayton»ga mag‘lub bo‘lib, musobaqani tark etdi.

Manbaga ko‘ra, klub rahbariyati yuzaga kelgan vaziyatdan chiqish yo‘llarini izlamoqda va asosiy nomzodlardan biri sifatida Antonio Konteni ko‘rib chiqmoqda.

57 yoshli italiyalik mutaxassis o‘tgan mavsum yakunida «Napoli»ni tark etganidan buyon ishsiz yuribdi. Xabar qilinishicha, u «Manchester Yunayted»dan taklif tushsa, uni mamnuniyat bilan qabul qilishga tayyor.

Italiyalik jurnalist Enso Bukkyonining yozishicha, Konte «Manchester Yunayted» bilan kelishuvga erishish arafasida turibdi.

Biroq Angliya OAV tarqatayotgan ma’lumotlar bundan farq qiladi. Ularning xabar berishicha, manchesterliklar rahbariyati hozircha Maykl Karrikni iste’foga chiqarishni rejalashtirmayapti.

Ma’lumot uchun, Antonio Konte Angliya futbolini yaxshi biladi. U 2016/17 yilgi mavsumda «Chelsi»ni Premyer-liga chempionligiga olib chiqqan. Shuningdek, italiyalik mutaxassis 2021 yil noyabridan 2023 yil martiga qadar «Tottenxem»ni boshqargan.

Hozircha «Manchester Yunayted» tomonidan ehtimoliy murabbiylar almashinuvi yuzasidan rasmiy bayonot berilmagan.

Kiritildi: 18:09, 12.10.2026.
O'qildi: 808 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик