«Pari Sen-Jermen» yarim himoyachisi Fabian Ruis jamoaning joriy mavsumda UEFA Chempionlar ligasidagi asosiy maqsadlaridan biri haqida gapirdi.
30 yoshli ispaniyalik futbolchining ta’kidlashicha, parijliklar so‘nggi ikki mavsumda musobaqaning umumiy bosqichini kuchli sakkiztalikda yakunlab, to‘g‘ridan-to‘g‘ri nimchorak finalga yo‘llanma ola olmagan. Shunga qaramay, «PSJ» har ikki mavsumda ham musobaqa g‘olibiga aylangan.
«Avvalgi ikki mavsumda ham kuchli sakkiztalikka kira olmadik. Shuning uchun bu safargi maqsadlarimizdan biri top-8 dan joy olish va imkoni boricha yuqori pog‘onani egallash bo‘lishi mumkin.
Bu oson vazifa emasligini yaxshi tushunamiz. Biroq joriy mavsumda ushbu maqsadga erishish uchun harakat qilamiz», — deya Ruisning so‘zlarini UEFA rasmiy sayti keltirdi.
Ma’lumot uchun, «PSJ» 2024/25 yilgi Chempionlar ligasining umumiy bosqichini 15-o‘rinda yakunlagan. 2025/26 yilgi mavsumda esa Fransiya klubi 11-pog‘onani egallagan.
Shu tariqa, parijliklar bu mavsum umumiy bosqichda dastlabki sakkizta o‘rindan birini egallab, qo‘shimcha pley-off uchrashuvlarisiz nimchorak finalga chiqishni maqsad qilmoqda.













