Chempionlar ligasi doirasida «PSV»ga qarshi o‘tkaziladigan uchrashuv oldidan tashkil etilgan matbuot anjumanida "Leypsig" darvozaboni Maarten Vandevoordt o‘z fikrlarini bildirdi.
"Biz uyda, muxlislarimiz oldida o‘ynashni yaxshi ko‘ramiz va ularning qo‘llab-quvvatlashiga juda muhtojmiz. Ertangi o‘yinni va stadionda hukmronlik qiladigan muhitni intiqlik bilan kutyapman" - dedi Maarten Vandevoordt.
Eslatib o‘tamiz, ushbu bellashuv Toshkent vaqti bilan soat 23:59da boshlanadi.













