«Barselona» bosh murabbiyi Xans-Diter Flik 2026/2027 yilgi mavsum Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 2-turidan o‘rin olgan «Galatasaroy»ga qarshi uchrashuv oldidan jurnalistning «Real» hujumchisi Vinisius Juniorning La Liga 8-turida «Vilyarreal»ga qarshi o‘yinda (1:0) maydondan chetlatilishi hamda madridliklarning hakamlikka bildirgan tanqidlari haqidagi savoliga javob berishdan bosh tortdi.
«Umid qilamanki, bir kuni siz ham men «Real»ga qarshi o‘ynamayotganimizda bu jamoa haqidagi savollarga hech qachon javob bermasligimni tushunib yetasiz. Bizni oldinda «Galatasaroy»ga qarshi uchrashuv kutmoqda. Biz bu jamoani hurmat qilishimiz kerak. Bu ajoyib jamoa, uning stadioni favqulodda va muhiti o‘ziga xos.
Men «Real» haqida gapirishni istamayman, chunki diqqatimizni bo‘lajak uchrashuvga qaratishimiz lozim», — deya Flikning so‘zlarini AS nashri keltirdi.
Eslatib o‘tamiz, «Galatasaroy» va «Barselona» o‘rtasidagi Chempionlar ligasi uchrashuvi 13 oktyabr, seshanba kuni Toshkent vaqti bilan 00:00 da boshlanadi.













