"Manchester Yunayted"ning sobiq futbolchisi Maykl Ouen "Qizil iblislar" murabbiyi lavozimidan chetlatilishi mumkinligi haqidagi mish-mishlar ortidan Maykl Kerrikni himoya qildi.
"Men Kerrikka ko‘proq vaqt berilishiga ishonishni istardim. Axir u o‘tgan mavsumda ajoyib ish qildi. Menimcha, u ko‘proq vaqtga loyiq.
Keling, realistik bo‘laylik: "Manchester Yunayted" 10-15 yildan beri juda yomon o‘ynab kelmoqda. Va o‘tgan mavsumning ikkinchi yarmi jamoaning o‘sha vaqtdagi eng yaxshi davri bo‘ldi", - deya Ouen.
Oltita o‘yindan so‘ng, "Manchester Yunayted" Angliya Premyer-ligasi turnir jadvalida 13-o‘rinda bormoqda.













