«Tottenxem» bosh murabbiyi Roberto De Dzerbi jamoasining hozirgi holati haqida fikr bildirdi.
Angliya Premyer-ligasida «Manchester Yunayted»ga qarshi o‘tkazilgan va 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlangan so‘nggi uchrashuvdan keyin londonliklar qisqa muddatli o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazish uchun Ispaniyaga yo‘l oldi.
Italiyalik mutaxassis ushbu qarorning sababini tushuntirib, jamoada hali shakllanish jarayoni davom etayotganini ta’kidladi.
«Biz haqiqiy jamoani shakllantirishimiz kerak. Maqsadimiz shunchaki futbolchilar to‘plami bo‘lib qolish emas, balki bir butun jamoaga aylanish. Hozir bizda ajoyib futbolchilar jamlangan, ammo hali haqiqiy jamoa yo‘q», — deya De Dzerbining so‘zlarini keltiradi The Spurs Web.
«Tottenxem» navbatdagi uchrashuvini 19 oktyabr, dushanba kuni Angliya chempionati doirasida o‘z maydonida «Koventri»ga qarshi o‘tkazadi.
Ayni paytda London klubi Premyer-liganing dastlabki olti turida bor-yo‘g‘i 3 ochko jamg‘argan holda turnir jadvalida 19-o‘rinni egallab turibdi.













