Bugun, 13 oktyabr kuni UYEFA Chempionlar ligasining 2026/2027 yilgi mavsumi umumiy bosqichi 2-turidan o‘rin olgan dastlabki uchrashuvlar o‘tkaziladi. O‘yin kunidan jami to‘qqizta bahs o‘rin olgan.
Turning markaziy uchrashuvlaridan biri Istanbulda bo‘lib o‘tadi. Turkiyaning "Galatasaroy" klubi o‘z maydonida Ispaniyaning "Barselona" jamoasini qabul qiladi.
Madridda esa "Atletiko" va "Manchester Yunayted" o‘zaro to‘qnash keladi. Shuningdek, Londonning "Arsenal" klubi "Lill"ga qarshi maydonga tushsa, "Inter" o‘z muxlislari qarshisida "Bryugge"ni qabul qiladi.
"Bavariya" Norvegiyada "Viking" mehmoni bo‘ladi. "Napoli" esa Ispaniyada "Vilyarreal" bilan kuch sinashadi.
13 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadigan uchrashuvlar:
21:45. "Lans" – "Sporting"
21:45. "Sabah" – "Slaviya" Praga (Zo'r TV)
23:59. "Arsenal" – "Lill"
23:59. "Atletiko" – "Manchester Yunayted"
23:59. "Inter" – "Bryugge"
23:59. "Galatasaroy" – "Barselona" (Zo'r TV)
23:59. "Leypsig" – PSV
23:59. "Viking" – "Bavariya"
23:59. "Vilyarreal" – "Napoli"
Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 2-turi 14 oktyabr kuni yana to‘qqizta uchrashuv bilan davom etadi. Ular orasidan "Manchester Siti" – PSJ va "Roma" – "Real" to‘qnashuvlari ham o‘rin olgan.













