Argentina terma jamoasining sobiq futbolchisi Alexandro Gomes milliy jamoadagi faoliyatini yakunlagan Lionel Messiga qanday mazmunda xabar yo‘llaganini oshkor qildi.
Gomes argentinalik yulduzga terma jamoa uchun qilgan xizmatlari, jamoadoshlariga bergan maslahatlari va ko‘rsatgan yordami uchun minnatdorchilik bildirganini ta’kidladi.
"Men Messiga xabar yozib, Argentina terma jamoasi uchun qilgan barcha ishlariga minnatdorchilik bildirdim.
Shuningdek, u bizga bergan maslahatlari va butun jamoaga ko‘rsatgan yordami uchun ham rahmat aytdim.
Biz birga maydonga tushgan o‘sha davrlarni sog‘inaman", — deya Gomesning so‘zlarini keltiradi "Chempionat" nashri.
Eslatib o‘tamiz, Lionel Messi o‘tgan hafta Argentina terma jamoasi safidagi xayrlashuv uchrashuvini o‘tkazdi.
Beninga qarshi bahsda argentinaliklar 3:0 hisobida ishonchli g‘alabaga erishdi. 39 yoshli hujumchi ushbu uchrashuvda bir gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.
Lionel Messi Argentina milliy terma jamoasi safida jami 208 ta o‘yin o‘tkazib, 126 ta gol muallifi bo‘lgan.













