Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/10 19:00 Bunyodkor 1-1 So‘g‘diyona
16/10 19:00 Qo‘qon-1912 2-4 Neftchi
16/10 19:00 Surxon 0-0 Xorazm
16/10 23:45 Frozinone 4-2 Sassuolo
17/10 00:00 Deportivo 1-1 Levante
17/10 18:00 Lokomotiv - Nasaf
17/10 19:00 Dinamo - Buxoro
17/10 19:00 Navbahor - Paxtakor

Ronaldu: "Men portugaliyalikman, ammo Saudiya Arabistoni Qirolligiga ham tegishliman"

Ronaldu: "Men portugaliyalikman, ammo Saudiya Arabistoni Qirolligiga ham tegishliman"

Baho:
+ | -
Bo'lim: OSIYO / Futbolchilar
Rukn: Yangiliklar

Saudiya Arabistonining "An-Nasr" klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu O‘zbekistonning "Neftchi" jamoasiga qarshi uchrashuvdan so‘ng Saudiya Arabistoni haqida fikr bildirdi.

Dushanba kuni bo‘lib o‘tgan bahsda "An-Nasr" Farg‘ona klubini 3:1 hisobida mag‘lub etdi. Portugaliyalik yulduz uchrashuvda gol muallifi bo‘ldi va faoliyati davomidagi gollari sonini 981 taga yetkazdi.

Mazkur g‘alabadan keyin "An-Nasr" matbuot xizmati ijtimoiy tarmoqlarda 41 yoshli futbolchining Saudiya Arabistoniga munosabatini aks ettiruvchi qisqa iqtibosini e’lon qildi.

"Men portugaliyalikman, ammo o‘zimni Saudiya Arabistoni Qirolligining ham bir qismi deb bilaman", — dedi Ronaldu.

Endi "An-Nasr" Saudiya Arabistoni Pro-ligasi doirasidagi navbatdagi uchrashuvga tayyorgarlik ko‘radi.

Ar-Riyod klubi 15 oktyabr, payshanba kuni safarda Jiddaning "Al-Ahli" jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

Ayni paytda "An-Nasr" Saudiya Arabistoni chempionati turnir jadvalida 3-o‘rinni egallab turibdi. Jamoa peshqadam "Al-Hilol"dan ikki ochko ortda qolmoqda.

Kiritildi: 15:43, 13.10.2026.
O'qildi: 996 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик