Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/10 19:00 Bunyodkor 1-1 So‘g‘diyona
16/10 19:00 Qo‘qon-1912 2-4 Neftchi
16/10 19:00 Surxon 0-0 Xorazm
16/10 23:45 Frozinone 4-2 Sassuolo
17/10 00:00 Deportivo 1-1 Levante
17/10 18:00 Lokomotiv - Nasaf
17/10 19:00 Dinamo - Buxoro
17/10 19:00 Navbahor - Paxtakor

Mareska «Manchester Siti»ning Chempionlar ligasidan chetlatilishi ehtimoliga munosabat bildirdi

Mareska «Manchester Siti»ning Chempionlar ligasidan chetlatilishi ehtimoliga munosabat bildirdi

Baho:
+ | -

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Enso Mareska klubning kelgusi yillarda UEFA Chempionlar ligasida ishtirok etish huquqidan mahrum qilinishi ehtimoli fonida mazkur musobaqaning jamoa uchun ahamiyati haqida gapirdi.

Italiyalik mutaxassis Chempionlar ligasi klub uchun alohida o‘rin tutishini ta’kidlar ekan, ayni paytda asosiy e’tiborini navbatdagi uchrashuvga qaratganini ma’lum qildi.

«Shubhasiz, Chempionlar ligasi klubimiz uchun juda muhim musobaqa. Bunga hech qanday shubha yo‘q!

Biroq hozir butun e’tiborimni faqat ertangi o‘yinga qaratganman. Bu safar avvalgi mavsumlarga qaraganda yaxshiroq ishtirok etishga harakat qilamiz. Natijalarimizni yaxshilash uchun qo‘limizdan kelgan barcha ishni qilamiz», — dedi Mareska matbuot anjumanida.

Eslatib o‘tamiz, «Manchester Siti» o‘tgan mavsumda Chempionlar ligasining 1/8 final bosqichida Madridning «Real» klubiga qarshi ikki uchrashuv natijasiga ko‘ra mag‘lub bo‘lgan (0:3, 1:2) va musobaqadagi ishtirokini yakunlagan edi.

«Shaharliklar» 14 oktyabr kuni Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 2-turida Fransiyaning «PSJ» jamoasini o‘z maydonida qabul qiladi.

Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 15 oktyabrga o‘tar kechasi soat 00:00 da boshlanadi.

Kiritildi: 17:23, 13.10.2026.
O'qildi: 393 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик