Milanning «Inter» klubi 20 yildan buyon ilk bor UEFA Chempionlar ligasidagi ishtirokini ketma-ket ikki mag‘lubiyat bilan boshladi.
Kristian Kivu boshchiligidagi jamoa musobaqaning umumiy bosqichi 2-turida Belgiyaning «Bryugge» klubiga 3:4 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Bunga qadar milanliklar birinchi turda Madridning «Real» jamoasidan 1:2 hisobida mag‘lub bo‘lgan edi.
«Neradzurri» so‘nggi bor bunday muvaffaqiyatsiz startni 2006/07 yilgi mavsumda qayd etgan. O‘shanda Italiya klubi dastlab Portugaliyaning «Sporting» jamoasiga 0:1, keyin esa Germaniyaning «Bavariya» klubiga 0:2 hisobida imkoniyatni boy bergan.
Shunga qaramay, «Inter» o‘sha mavsumda guruh bosqichidagi muvaffaqiyatsiz startdan so‘ng vaziyatni o‘nglashga erishgan va Chempionlar ligasining pley-off bosqichiga yo‘l olgan edi.













