«Barselona» bosh murabbiyi Xans-Diter Flik jamoasining joriy mavsumdagi ajoyib natijalari haqida fikr bildirdi.
«Ko‘k-anorranglilar» mavsum boshidan buyon o‘tkazilgan barcha 10 ta uchrashuvda g‘alaba qozondi. Seshanba kuni kataloniyaliklar Istanbulda «Galatasaroy»ni 4:1 hisobida yirik mag‘lubiyatga uchratdi.
«Biz urgan gollarimiz soni bilan faxrlanishimiz mumkin. Bu muxlislar va jamoa uchun juda quvonarli, ammo bizning maqsadlarimiz ancha jiddiyroq.
Biz sovrinlar yutishni istaymiz. Shuning uchun bu haqda hozir emas, mavsum oxirida gaplashamiz. Biz qattiq mehnat qilishimiz kerakligini yaxshi bilamiz», — deya Flikning so‘zlarini keltirmoqda Barca Universal.
«Barselona» 10 ta uchrashuvda raqiblar darvozasiga 43 ta gol urdi va o‘z darvozasidan 10 ta to‘p o‘tkazib yubordi.













