Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/10 00:00 Valensiya 0-0 Atletik Bilbao
18/10 15:30 Udineze 0-3 Lechche
18/10 17:00 Osasuna 2-0 Rasing
18/10 18:00 Bornmut 2-0 Sanderlend
18/10 18:00 Brayton 5-0 Kristal Pelas
18/10 18:00 Lids 1-1 Man. Yunayted
18/10 18:00 Fiorentina 1-3 Komo
18/10 19:15 Selta 2-1 Alaves
18/10 20:30 Nottingem Forest 0-1 Arsenal
18/10 21:00 Milan 3-2 Atalanta
18/10 21:30 Malaga 2-5 Real Sosyedad
18/10 23:45 Yuventus - Lasio
19/10 00:00 Real Madrid - Sevilya
19/10 21:30 Monsa - Kalyari
19/10 23:45 Parma - Torino
20/10 00:00 Xetafe - Rayo Valyekano
20/10 00:00 Tottenhem - Koventri Siti

«Neftchi» xalqaro maydondagi 60-uchrashuvini o‘tkazdi

«Neftchi» xalqaro maydondagi 60-uchrashuvini o‘tkazdi

Baho:
+ | -

Kecha Osiyo Chempionlar ligasi Elitasi doirasida Saudiya Arabistonining «Al-Nasr» jamoasiga qarshi maydonga tushgan «Neftchi» xalqaro musobaqalardagi 60-yubiley uchrashuvini o‘tkazdi. Uchrashuv 3:1 hisobidagi mag‘lubiyat bilan yakunlangan bo‘lsa-da, ushbu bahs klubning xalqaro maydondagi tarixida alohida o‘rin egallaydi.

«Neftchi»ning xalqaro musobaqalardagi 60 ta uchrashuvi besh xil turnir doirasida o‘tkazilgan. Ularning 16 tasi OFK Kubogi, 2 tasi Osiyo Kubok egalari kubogi, 17 tasi Osiyo klublari chempionati, 23 tasi Osiyo Chempionlar ligasi va 2 tasi Osiyo Chempionlar ligasi Elitasi hissasiga to‘g‘ri keladi.

Xalqaro maydondagi natijalar

Jamoa ushbu 60 ta uchrashuvning 27 tasida g‘alaba qozongan, 10 tasida durang qayd etgan va 23 tasida mag‘lubiyatga uchragan. Umumiy to‘plar nisbati — 104:92.

Musobaqalar kesimida natijalar quyidagicha:

OFK Kubogi — 16 ta uchrashuv:

  • 7 ta g‘alaba;

  • 5 ta durang;

  • 4 ta mag‘lubiyat.

Osiyo Kubok egalari kubogi — 2 ta uchrashuv:

  • 1 ta g‘alaba;

  • 1 ta mag‘lubiyat.

Osiyo klublari chempionati — 17 ta uchrashuv:

  • 9 ta g‘alaba;

  • 4 ta durang;

  • 4 ta mag‘lubiyat.

Osiyo Chempionlar ligasi — 23 ta uchrashuv:

  • 9 ta g‘alaba;

  • 1 ta durang;

  • 13 ta mag‘lubiyat.

Osiyo Chempionlar ligasi Elitasi — 2 ta uchrashuv:

  • 1 ta g‘alaba;

  • 1 ta mag‘lubiyat.

Ikki murabbiy, 60 ta xalqaro uchrashuv

Klubning xalqaro maydondagi mazkur uchrashuvlari ikki murabbiy boshchiligida o‘tkazilgan. Shundan 58 ta bahs Yuriy Vazgenovich Sarkisyan, 2 ta uchrashuv esa Islombek Ismoilov qo‘l ostida o‘tkazilgan.

Yuriy Sarkisyan boshchiligida «Neftchi» xalqaro maydonda ko‘plab uchrashuvlarda ishtirok etib, klub tarixining muhim sahifalarini yaratdi. Islombek Ismoilov esa jamoani Osiyo Chempionlar ligasi Elitasi kabi nufuzli musobaqada boshqarib, ushbu tarixning navbatdagi sahifasini davom ettirmoqda.

Manba: @pfcneftchi_uz
Kiritildi: 10:14, 14.10.2026.
O'qildi: 671 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик